Yig‘ilishda 2023 yilda poytaxtda aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ulkan marralarga erishishda tadbirkorlarga tayanish, ularni qo‘llab-quvvatlash lozimligi ta’kidlandi.
Jumladan, bu yili Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trillion so‘m kredit yo‘naltiriladi, oilaviy tadbirkorlik uchun 300 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Mutasaddilarga yil yakuniga qadar:
- 14 ta yirik savdo kompleksini ishga tushirish, shuningdek 12 mingta savdo-servis ob’ektlari tashkil etishni ta’minlash;
- 57 ta mehmonxona, 3,5 mingta umumiy ovqatlanish va mahallalarda 7 mingta savdo-servis ob’ektlarini ishga tushirishga ko‘maklashish topshirildi.