Amerikalik bir oila o‘z bog‘idan katta xazina topib oldi.
Er-xotin o‘z hududlarida qurilish ishlarini olib bormoqchi bo‘lishganida, topib olib, kabel qutisi deb bilganlari, aslida, seyf ekanligini bilib qolishdi. Unda 52 ming dollardan iborat nam banknotlar va zargarlik buyumlari bor edi. Aniqlanishicha, seyf ularning qo‘shnisiga tegishli ekan. Uni yetti yil avval o‘g‘irlaganlar xavf tug‘ilganida qo‘shni hovliga ko‘mib ketishgan ekan. Topgan xazinalarini er-xotin qo‘shnilariga qaytarib terishdi. Hatto suyunchi pulini ham olishmadi. Ular shuni to‘g‘ri qaror deb bilishdi.