Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ohangarondagi YTHda ikkita avtomobil to‘liq yonib ketdi

Ohangarondagi YTHda ikkita avtomobil to‘liq yonib ketdi

Joriy yilning 10 may kuni soat 21:46da Ohangaron tumani “Oybuloq” MFYdan o‘tuvchi A-373 “Toshkent-O‘sh”, “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘lining kesishmasida  “MAN TGS” rusumli yuk mashinasi, “Lacetti” rusumli yengil avtomobil va “Kamaz” rusumli yuk mashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.  

YTH natijasida yong‘in kelib chiqib, “Lacetti” va “Kamaz” haydovchilari yengil tan jarohati olishgan va ularning boshqaruvidagi avtoulovlar to‘liq yong‘indan zararlangan.

Hodisa joyiga Ohangaron tuman FVBning 4 ta yong‘in-qutqaruv guruhlari 21:56da yetib borgan. Yong‘in 21:58da qurshab olinib,  22:08da to‘liq bartaraf etilgan.

Kiritildi: 10:28 11.05.2021. O'qildi: 2483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!