Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Ohangaron tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Ohangaron Muruvvat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi”da tibbiyot og‘asi vazifasida ishlovchi J.R. fuqaro SH.ni 2 000 AQSh dollari evaziga ushbu internetga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.