Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ogoh bo‘ling! Bugun ham kechagidek chaqmoq va jala kutilyapti

A A A
Ogoh bo‘ling! Bugun ham kechagidek chaqmoq va jala kutilyapti

6 iyun kuni Toshkent shahrida ob-havo o‘zgarishi kuzatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati “O‘zgidromet” xabariga asoslanib xabar qilmoqda.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan chaqmoq chaqadi va yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esadigan shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Chaqmoq paytida shamol tezligi 15-20 m/sga ortadi.

Havo harorati kunduzi +28...+30 daraja, kechqurun esa +15...+17 daraja iliq bo‘lishi kuzatilmoqda.

“Kuchli shamol sizga va yaqinlaringizga, mol-mulkingizga zarar yetkazmasligi uchun bunday paytda daraxtlar ostida yurmang hamda avtomobilingizni ham daraxtlar tagida saqlamang. Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida shahrimizda suv toshish holatlarini kuzasangiz, 1050, 1055 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling”, - deb ogohlantiradi Toshkent shahar hokimligi.

 

Kiritildi: 12:39 06.06.2019. O'qildi: 2385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik