Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

ODKB jangarilar harakati ustidan razvedkani kuchaytiradi - Zaxarova

ODKB jangarilar harakati ustidan razvedkani kuchaytiradi - Zaxarova

MDH chegarachilari Afg‘onistondan narkotrafik hajmi ko‘payganini ma’lum qildi. Shuningdek, Badaxshon rasmiylari “ID”* va “Al-Qoida”* terrorchilik tashkilotlari hududda harbiy ishtirokini kuchaytirishga urinishlari haqida ma’lum qilishdi.

Doimiy harbiy harakatlar Afg‘oniston Islom Respublikasining deyarli barcha viloyatlarida davom etmoqda.

“ODKB tojik-afg‘on chegarasidagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ro‘yxatini amalga oshirmoqda. Shuningdek, jangarilar harakati ustidan razvedkani kuchaytirish va eng xavfli hududlarni monitoring qilish yuzasidan choralar ishlab chiqilmoqda", - dedi Zaxarova har hafta o‘tkaziladigan brifingda.

ODKB Afg‘onistondagi vaziyatni har qanday rivojlanishiga tayyor, deb qo‘shimcha qildi u.

"Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarida kollektiv kuchlarning mashqlarini o‘tkazish amaliyoti ham kuchaytirildi", - dedi TIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, ODKB a’zolari - Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston.

Kiritildi: 21:13 18.06.2020. O'qildi: 2093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!