Finlyandiyalik olimlar parodontit saraton qo‘zg‘atishi mumkinligidan ogohlantirmoqdalar. Xelsinki universiteti tadqiqotchilari tomonidan 10 yil davomida og‘iz bo‘shlig‘ida turli muammolarga ega 68 ming nafar katta yoshli kishi kuzatib borildi. Ularning 14,45 foizi saraton sabab bu dunyodan ko‘z yumdi. Ishtirokchilarning 11,36 foizida parodontit kuzatilgan edi.
Professor Timo Sorsoning tushuntirishicha, bakteriyalar faqat milklarning o‘zini zararlash bilan cheklanmaydi, ular og‘iz orqali boshqa a’zolarga ham tarqaladi. Bu jarayonda nosog‘lom og‘izdan oshqozon-ichak trakti organlarida saratonni paydo qiluvchi fermentlar ajraladi.