Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Odatlarimizni o‘zgartirmasak...

Odatlarimizni o‘zgartirmasak...

Chaqaloqqa ulg‘aygunigacha yetadigan sarpo.

Kuyovga sarpo ichki kiyimigacha bir necha yilga yetishi kerak.

Yangi kelin-kuyovga 40 kun ovqat yuborish kerak (vodiy tomonlarda).

Marhum chiqqan uyda uch kungacha ovqat, ayniqsa, tuxum yeb bo‘lmaydi.

Kelin taraf kuyov tarafning uyini jihozlashi shart.

To‘ylarimiz latta-putta bo‘lmasa o‘tmaydi.

Xullas kalom, bunday bema’ni va turishi isrofgarchilikka asoslangan odatlarimiz qanchaligini uzoq sanash mumkin. To‘ylardan, ziyofatlardan ancha-muncha ortgan oziq-ovqatlarni axlatga tashlamasdan beva-bechoralarga harajat qilib berilsa, qancha odamning og‘iri yengil bo‘ladi, ham savob ko‘payadi. Ammo biz o‘ylab ko‘rmaymiz. Xuddi robotdek endi tug‘ilgan qizaloqqa sep yig‘amiz, turmushga chiqib homilador bo‘lgach, avtomatlashtirilgan robotdek chaqaloqqa sep yig‘amiz. Isrofdan, kimo‘zarlikdan qo‘rqmaymiz. Sadaqa qilsak, 1000 so‘mni ko‘p ko‘ramiz, chaqaloqqa 100 dollarlik o‘yinchoqni qarz ko‘tarib olamiz. Nega aqlimiz bola tug‘ilganidanoq, dinini tanitishga, tili chiqqach, kalimai shahodatni yodlatishga, hech bo‘lmasa kichik suralarni o‘rgatishga, isrofsiz yashashga undashga kelganida ishlamay qoladi? Nega omonat umrimizni faqat mol-dunyo topishu, mol-dunyoni behuda isrof qilishga sarflaymiz? Axir hammasining hisob-kitobi borligini yaxshi bilamiz-ku!

Jarir ibn Abdulloh Bajaliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: Kim Islomda go‘zal bir odat paydo qilsa va undan keyin o‘sha bir odatga amal qilinsa, unga o‘shanga amal qilganlar ajriga o‘xshash ajr, ularning ajridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi. Kim Islomda bir yomon odat paydo qilsa va undan keyin o‘sha odatga amal qilinsa, unga o‘sha amal qilganlar gunohiga o‘xshash gunoh, ularning gunohlaridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:45 15.03.2019. O'qildi: 2196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!