Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

«Odamlarning tana a’zolari har tarafga sochilib ketdi»: Isroil yana bir katta jinoyatga qo‘l urdi

«Odamlarning tana a’zolari har tarafga sochilib ketdi»: Isroil yana bir katta jinoyatga qo‘l urdi

Isroil qiruvchi samolyotlari Tulkarim qochqinlar lageriga zarba berganidan keyin atrofdagi vaziyat chidab bo‘lmas ahvolga keldi.

Qizil yarim oy shifokori Daliya Hadaydehning aytishicha, Falastin lageridagi qahvaxonaga qilingan havo hujumi oqibatlari «dahshatli» bo‘lgan.

«Biz lagerda kuchli portlash ovozini eshitdik. Hudud tomon yo‘l oldik. Biz butun bino vayron bo‘lganini va alangaga aylanganini ko‘rdik», dedi Hadayde ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohilning shimoli-g‘arbida joylashgan lagerga berilgan raketa zarbasidan keyin Al-Jazira telekanaliga.

“Tana a’zolari har tarafga sochilib ketgan. Bu dahshatli manzara edi. Jasadlarning beshtasi deyarli butun edi. Ammo 15-20 tasi bo‘laklarga bo‘linib ketgan", dedi u.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi payshanba oqshomida sodir bo‘lgan hujumda kamida 18 kishining halok bo‘lganini, ko‘pchilikning yaralanganini, vayronalar ostida ko‘milgan odamlarni qidirish ishlari davom etayotganini bildirdi.

Kiritildi: 17:00 04.10.2024. O'qildi: 4653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!