Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Odam savdosi jinoyatini sodir etib Turkiyada yashiringan fuqaro ushlandi

Odam savdosi jinoyatini sodir etib Turkiyada yashiringan fuqaro ushlandi

O‘zbekiston Respublikasidagi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvida, Interpol kanallari orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlarimiz tomonidan odam savdosi uchun qidirilayotgan va uzoq vaqt davomida Turkiya hududida yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi (ayol) Istanbuldan Toshkentga ekstradisiya qilindi.

Jinoyatchi ayol sotish va ekspluatasiya maqsadida qizlarga yuqori maosh va’da berib, ularni Turkiyaga olib kelgan. Bu yerda qizlarning pasportlarini tortib olib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.

Ikki davlatning Interpol milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi hamjihatlik va tezkor hamkorliklari tufayli muvaffaqiyatli qo‘shma faoliyatning ibratli namunasi yuzaga keldi.

Hozirda O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni fosh qilish bo‘yicha faol harakatlar amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 14:19 11.06.2025. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!