AQSh avgust oyida Eronning yadroviy ob’ektlariga zarba berishi mumkin. Bu haqda AVS telekanali Avstraliya hukumatidagi manbasiga tayangan holda xabar tarqatdi.
Aytilishicha, avstraliyalik va britaniyalik harbiylar aniq nishonlarni belgilashda amerikaliklarga yordam beradi, biroq hujumda bevosita ishtirok etmaydi.
Ayni paytda Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull AQSh va Eron o‘rtasida harbiy nizo boshlanishi haqida hech qanday asos bilmasligini aytgan.
Joriy yilning bahorida AQSh yadroviy kelishuvdan bir tomonlama chiqqach, uning Eron bilan munosabatlari ancha yomonlashdi.
Bir necha kun avval Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQShni «olov bilan o‘ynashmaslik» haqida ogohlantirdi. AQSh yetakchisi Donald Tramp esa bunga javoban agar Tehron tahdidlarni davom ettirsa, «misli ko‘rilmagan oqibatlar» bilan yuzlashishini aytdi.
Manba: azon.uz