Nyu-York shtatining shimoliy qismidagi cherkovda portlash sodir bo‘ldi.
Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida besh kishi, jumladan, voqea joyiga yetib kelgan pastor va o‘t o‘chiruvchilar jarohat oldi.
"43 yoshli pastor Brendon Pitts va 43 yoshdan 71 yoshgacha bo‘lgan Bunvillya yong‘in xizmatining to‘rt nafar xodimi jarohatlar bilan mahalliy kasalxonalarga olib ketildi. Polisiyaning aytishicha, ularning besh nafari og‘ir, ammo barqaror ahvolda", deyiladi xabarda.
Polisiyaning aytishicha, portlash bilan bog‘liq dastlabki noqonuniy harakatlarning belgilari yo‘q.