Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Nyu-York polisiyasi diniy ob’ektlar xavfsizligini kuchaytirdi

Nyu-York polisiyasi diniy ob’ektlar xavfsizligini kuchaytirdi

Nyu-York huquq-tartibot idoralari Vashingtondagi Capital Jewish Museum(Yahudiylar muzeyi) yaqinidagi otishmadan keyin diniy ob’ektlar va madaniy muassasalarda xavfsizlikni kuchaytirmoqda. Otishma oqibatida Isroil elchixonasining ikki xodimi halok bo‘ldi, deb xabar beradi TASS.

Bu haqda huquq-tartibot idoralari X (sobiq Twitter) tarmog‘ida ma’lum qildi

Nyu-York bilan hech qanday aloqasi yo‘q bo‘lsa-da, Vashingtonda yahudiylar va isroilliklarga qarshi sodir etilgan dahshatli hujumga javoban Nyu-York polisiyasi diniy va madaniy ob’ektlar yaqinida qo‘shimcha patrul bo‘linmalari, qurolli bo‘linmalar va terrorga qarshi kurash xodimlarini joylashtiradi, — deyiladi bayonotda.

AQSh Bosh prokurori Pam Bondi hujumda gumonlanuvchi yolg‘iz o‘zi harakat qilganini va hozirda hibsda ekanini aytdi.

Fojiali voqea Vashingtondagi Capital Jewish Museum(Yahudiylar muzeyi) yaqinida yuz berdi. Shahar polisiyasi boshlig‘i Pamela Smitning so‘zlariga ko‘ra, bir erkak va bir ayol (diplomat) halok bo‘lgan. Gumonlanuvchi muzeydagi tadbirdan chiqib ketayotganlarida o‘t ochgan. U hibsga olinganida “Falastinga ozodlik!” deb hayqirgan.

Kiritildi: 17:51 23.05.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!