Xuang 12 noyabr kuni lavozimidan ketgan. Bundan avval uning nikohdan tashqari munosabatlari haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lgan edi. Ulardan biri Xitoy razvedkasi bilan aloqador bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinayotgan Elis Xuang bilan bog‘liq.
Xuang texnologiya sohasining eng mashhur rahbarlaridan biri edi. Uning rahbarligi davrida Nvidia kompaniyasining bozor qiymati bir necha yuz milliondan qariyb 4 trillion dollargacha oshdi.
Qizig‘i shundaki, olti yil avval Xuang Nvidia bilan birgalikda aynan Arm kompaniyasini sotib olishga uringan edi. Endi esa uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan rahbar aynan shu kompaniyadan chiqishi ehtimol qilinmoqda.
Financial Times nashrining yozishicha, Haasdan tashqari yana bir nechta nomzod ko‘rib chiqilmoqda. Yangi rahbar tayinlangunga qadar kompaniyani moliyaviy direktor Kolett Kress vaqtincha boshqarib turadi.
Uitt o‘zining «The Thinking Machine» («Tafakkur mashinasi») nomli kitobi uchun Xuangning atrofidagi qariyb 200 nafar kishi bilan suhbatlashgan.
U New York Times nashridagi mualliflik maqolasida Xuangning ishqiy munosabatlarini «hammaga ma’lum, ammo oshkor etilmaydigan sir» deb atagan.
Uning ta’kidlashicha, Xuangning «kamtarona fikrlaydigan vizioner» sifatida shakllantirilgan imiji ortida kibr, narsissizm va nazoratsiz g‘azab xurujlariga moyil hukmron shaxs yashiringan.
«Prezident Tramp va Jensen Xuang o‘rtasida umumiy jihatlar anchagina: g‘azab xurujlari, narsissizm va mening taxminimcha, ayollar bilan bog‘liq mojarolar», — deb yozadi Uitt.
Nvidia uchun yangi rahbar topish oson bo‘lmasligi mumkin. Uitt Xuangni keskin tanqid qilganiga qaramay, uni professional jihatdan deyarli almashtirib bo‘lmaydigan shaxs deb hisoblaydi.
Uning fikricha, Xuang — jahon darajasidagi kompyuter fanlari mutaxassisi, qattiqqo‘l muzokarachi va ulkan kompaniyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchi.
«Jensen Xuangsiz Nvidia — Maykl Jordansiz Chicago Bulls jamoasiga o‘xshaydi», — dedi Uitt.