Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Nursulton Ro‘ziboyevning UFC'dagi jangi bekor qilindi

Nursulton Ro‘ziboyevning UFC'dagi jangi bekor qilindi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev va rossiyalik Rinat Faxretdinov o‘rtasidagi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirgan jang bekor qilindi. Bunga Nursultonning jarohati sabab bo‘lgan. Ayni damda tashkilotchilar jarohat olgan o‘zbekistonlik sportchiga o‘rinbosar qidirmoqda.

“Menejer qo‘ng‘iroq qilib, Nursulton jarohat olganini, jang qila olmasligini aytdi. Ular jangni boshqa vaqtga ko‘chirishni taklif qildi, lekin biz Abu-Dabida. Jamoa va muxlislar uchun chiptalar allaqachon sotib bo‘lingan. Biz shu sanaga tayyorgarlik ko‘rayotgandik, shuning uchun endi bizga raqib izlashmoqda. Biz ko‘p pul, asab va kuch sarfladik, lekin hammasi bunday bo‘lib chiqdi”, dedi Faxretdinov.

Rossiyalik jangchi Ro‘ziboyevga o‘rinbosar topishda ham bir qancha qiyinchiliklar borligini ta’kidladi. Ko‘pchilik raqiblar tayyorgarlik muddati oz bo‘lgani uchun jangga rad javobini bermoqda.

“Eng yaxshi sportchilar jang qilishni xohlamaydi, nega ular tavakkal qilishi kerak? Albatta, men tajribali jangchilarni xohlayman. Jangga uch hafta qolganda raqib topish qiyin”, deya qo‘shimcha qildi jangchi.

Nursulton Ro‘ziboev 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 308 jang kechasida Rinat Faxretdinovga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Turnir BAAda joylashgan Etihad Arena’da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 17:30. O'qildi: 431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!