2024 yil 16 fevral kuni soat 13:30 atrofida No‘kis shahar «Dosliq» MPZ A.Dosnazarov ko‘chasida joylashgan 28-ko‘p qavatli uyning tom qismini kuchli shamol uchirib ketgan. Natijada 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda tibbiy yordam ko‘rsatildi, uning salomatligi yaxshi. Shuningdek, Nexia-2 rusumli avtomashina ham shikastlangan.
Hozirda voqea joyida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa hamkorlik xizmatlari xodimlari ishlamoqda.