«Novza» metrosi yaqinidagi savdo majmuasida yong‘in kuzatildi.Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Toshkent shahar «Novza» metro yaqinidagi savdo majmuasining tom qismida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida poytaxt FVBga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borib, binodan barcha fuqarolar evakuasiya qilingan va yong‘in soat 18:19 da o‘chirilgan. Hodisa sabab jarohatlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni «Aviator» majmuasida ham yong‘in sodir bo‘lgandi.