Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Novosibirskda migrantlar mehnatiga cheklov o‘rnatildi

A A A
Novosibirskda migrantlar mehnatiga cheklov o‘rnatildi

Rossiyaning Novosibirsk oblastida migrantlarga bog‘cha va taksida ishlash taqiqlandi. Bu haqda Mash Siberia xabar berdi.

Shu mazmundagi gubernator farmoyishi 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Shuningdek, xorijiy fuqarolarga alkogol va sigaretalar sotiladigan do‘konlarda ishlash ham taqiqlandi. Qonun kuchga kirgunga qadar ish beruvchilar xodimlarni yangi talablarga muvofiqlashtirishi shart.

2024 yilda Rossiyaning bir qator oblastlarida migrantlar mehnatiga cheklovlar joriy etildi. Ko‘pgina cheklovlar mamlakatda patent bo‘yicha ishlayotgan chet elliklar uchun qo‘llaniladi — ular O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridir.

Migrantlar mehnatini cheklagan so‘nggi hududlardan biri Astraxan oblasti bo‘lib, noyabr oyi o‘rtalarida ularga taksi va jamoat transporti haydovchisi sifatida ishlash taqiqlangan edi.

Kiritildi: 19:22 18.11.2024. O'qildi: 1796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!