Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Notariuslarning 10 foizi talabga javob bermaydi.

Notariuslarning 10 foizi talabga javob bermaydi.

Vazirlik tomonidan har yarim yilda notariuslarning ish faoliyati sifatini baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad tizimda xalqqa xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish, ular faoliyatidagi kamchilik va muammolarni tuzatish hisoblanadi.

Notariuslarning 2018 yil II yarim yillik faoliyatini baholash Notarius avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda amalga oshirildi.

Baholash natijalari ko‘ra jami 635 nafar notariuslardan 21 nafari faoliyati a’lo , 341 nafari faoliyati yaxshi , 209 nafari faoliyati qoniqarli deb baholandi.

Baholash reytingida (maksimal 100 ball) dastlabki 3 ta eng yuqori o‘rinni egallagan notariuslarning ikki nafari Toshkent shahrida va bir nafari esa Navoiy viloyatida ishlaydi:

Aziza Shuxratovna Shanazarova Toshkent shahar, Mirobod tuman 9-son DNI notariusi 91 ball;

Fozilxodja Xashimxodjayevich Nabiyev Toshkent shahar, Olmazor tuman 11-son DNI notariusi 90 ball;

Ikrom Eshmirzayevich Isayev Navoiy viloyati, Nurota tuman DNI notariusi 90 ball.

Reytingda faoliyat yuritayotgan notariuslarning 10 foizi (64 nafari) talabga javob bermaydi deb baholangan. Ularning 38 nafari Andijon viloyatida, 8 nafari Qashqadaryoda, 6 nafari Farg‘onada, 4 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Samarqand, 2 nafardan Namangan, Xorazmda hamda 1 nafari Sirdaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Adliya vazirligi tomonidan ish faoliyati a’lo deb topilgan notariuslarni rag‘batlantirish va talabga javob bermaydi deb baholangan notariuslar faoliyatini yaxshilash choralari ko‘riladi.

Reytingning to‘liq ro‘yxati bilan www.minjust.uz (http://www.minjust.uz/uz/press-center/announcement/93698/) sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Endilikda, vazirlik tomonidan notariuslar faoliyatini bevosita fuqarolar tomonidan notarial xizmatlarni olish vaqtida baholash tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 13:06 20.01.2019. O'qildi: 1514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!