Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Norvegiyada uch kishi pichoqlandi

Norvegiyada uch kishi pichoqlandi

Norvegiyaning Tronxeym shahrida bir kishi uch kishini pichoqladi.

Bu haqda NRK teleradiokorporasiyasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki jabrlanuvchining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, biroq ularning hayoti xavf ostida emas. Hujum qilgan shaxs polisiya tomonidan qo‘lga olindi va unga tibbiy yordam ham talab qilindi.

"Bir kishiga nisbatan ayblov qo‘yildi. Biz sodir bo‘lgan voqeada boshqalarning rolini o‘rganmoqdamiz. Ayni damda voqealar aynan qanday sodir bo‘lgani to‘liq aniq emas", - dedi polisiya matbuot kotibi Silje Flak Bergbi.

Huquq-tartibot idoralari vakillari hodisaga maishiy nizo sabab bo‘lganini istisno qilmayapti.

Kiritildi: 07:35 30.03.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!