Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Norvegiya Tramp ustidan shikoyat kiritadi

Norvegiya Tramp ustidan shikoyat kiritadi

Norvegiya Futbol assosiasiyasi AQSh prezidenti Donald Trampning FIFA ishlariga aralashuvi yuzasidan xalqaro tashkilotning etika qo‘mitasiga rasmiy shikoyat kiritishga tayyorlanmoqda.

Bu haqda The Times nashri jurnalisti Martin Zigler xabar berdi.

Gap AQSh terma jamoasi hujumchisi Florian Balogun bilan bog‘liq vaziyat haqida ketmoqda. U Bosniya va Gersegovinaga qarshi 1/16 final bahsida (2:0) maydondan chetlatilgan edi. Keyinchalik Balogunga berilgan diskvalifikasiya bir yillik sinov muddati bilan to‘xtatib turildi va natijada u Belgiyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida (1:4) maydonga tushdi.

Shundan so‘ng Donald Tramp ushbu jarayonga shaxsan aralashganini ochiq tan oldi.

Turli ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh prezidenti FIFA rahbari Janni Infantino bilan suhbatda Balogunning maydondan chetlatilishini bekor qilishga ishontirgani aytilmoqda.

Kiritildi: 23:35 23.07.2026. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!