Norvegiyaning 89 yoshli qiroli Xarald Vning sog‘lig‘i kasalxonada bo‘lib turgan paytida yomonlashdi.
Bu haqda mahalliy OAV Norvegiya qirollik saroyi saytida e’lon qilingan xabarga tayanib ma’lum qildi.
«Ulug‘ hazratlari qirolning sog‘lig‘i yomonlashdi. Ulug‘ hazratlari qirolning ahvoli juda og‘ir», — deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan valiahd shahzoda Xokon va Xaraldning rafiqasi — qirolicha Sonya barcha rejalashtirilgan tadbirlarini bekor qilgani ham qayd etildi.
Shu bilan birga, NRK telekanali xabar berishicha, kasalxona oldiga qirollik oilasiga tegishli bir nechta avtomobil kelgan. Valiahd shahzoda Xokon, valiahd malika Mette-Marit, shahzoda Sverre Magnus va qirolicha Sonya qirolning yonida bo‘lib turibdi.
Shuningdek, qirolning singlisi malika Astrid ham kasalxonaga yetib kelgan.