Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Norvegiya qiroli Xarald V vafot etdi

Norvegiya qiroli Xarald V vafot etdi
28 avgust kuni Norvegiya qiroli Xarald V vafot etdi. Bu haqda qirollik saroyiga tayanib Reuters xabar berdi. 89 yoshli qirol 1991 yildan buyon taxtni boshqarib kelayotgan edi. BBC'ning yozishicha, taxtdagi 35 yillik boshqaruvidan so‘ng, Xarald V xalqchil monarx va islohotchi sifatida yodda qoladi. Uning asosiy xizmatlaridan biri — monarxiyani zamon va o‘zgargan an’analarga mos ravishda modernizasiya qilganidir. Shu bilan birga, u Norvegiya uchun eng qiyin damlarda ham millatni jipslashtira olgan shaxs bo‘lib qoldi. Kecha, tongda qirollik saroyi 89 yoshli Norvegiya qirolining salomatligi «o‘ta og‘ir» holatgacha yomonlashgani haqida xabar bergandi. Qirolning vafotidan biroz oldin qirollik oilasi a’zolari Oslodagi universitet shifoxonasida to‘planishdi. Xarald V 24 avgust kuni gemolitik anemiyani davolash bilan bog‘liq asoratlar sababli aynan shu shifoxonaga yotqizilgan edi. Bu eritrositlarning tez parchalanishi bilan kechadigan kamyob kasallikdir. Qirol shifoxonada bo‘lib turgan vaqtda uning 53 yoshli o‘g‘li, valiahd shahzoda Xokon regent vazifasini bajarib turdi. Endi Xokon avtomatik ravishda qirol Xokon VIIga aylanadi va Norvegiya davlati rahbari sifatida otasining o‘rniga o‘tadi. Norvegiya monarxi asosan marosim va vakillik roliga ega. Yoshi va salomatligidagi muammolar sababli qirol Xarald hali 2024 yildayoq o‘zi ishtirok etadigan ommaviy tadbirlar sonini qisqartirgan edi.
Kiritildi: 12:48 28.08.2026. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik