Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Noqonuniy saqlanayotgan 1100 dona patronlar olindi

Noqonuniy saqlanayotgan 1100 dona patronlar olindi

🛡Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘qotar qurollarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Konimex tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1989 y.t. shaxsga tegishli “Oniks” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida 500 dona 5,6 mm kalibrli otish uchun yaroqli bo‘lgan patronlar borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonidan ham noqonuniy saqlanayotgan 600 dona 5,6 mm kalibrli patronlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

💡Hurmatli fuqarolar! Tegishli lisenziya yoki ruxsatnomasi bo‘lmagan o‘qotar qurol, uning asosiy qismlari va o‘q-dorilarni o‘z ixtiyoringiz bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirsangiz, javobgarlikdan ozod etilasiz.

Kiritildi: Bugun 09:01. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!