Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Noodatiy usul: Ronaldu elektr toki yordamida davolanmoqda

Noodatiy usul: Ronaldu elektr toki yordamida davolanmoqda

Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2020 saralashi doirasida Serbiyaga qarshi o‘yinda jarohat olgandi.

Futbolchi davolanishning noodatiy yo‘lini tanladi. U tekar-terapiya yordamida muolaja olmoqda. Bunda bemorning jarohatlangan joyiga u his qilmaydigan darajada katta chastotali tok yuboriladi. Bu esa mushaklarning juda tez muddatda tiklanishini ta’minlaydi.

Ronaldu YECHL chorak finali doirasida Ayaks ga qarshi o‘yingacha to‘liq sog‘aymoqchi. U Empoli , Kalyari va Milan ga qarshi o‘yinlarda maydonga tushmaydi.

Kiritildi: 10:09 30.03.2019. O'qildi: 1915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!