Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nokia fanati Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi

Nokia fanati Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi

Ispaniyalik Vens Palau Fernandes Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi. Ta’kidlanishicha, Fernandes mobil telefonlarning eng katta to‘plamini jamg‘argan — jami 3615 xil model. Bularning barchasini u Barselonadagi kvartirasida saqlaydi.

Mobil qurilmalar ishqibozi 2008 yildan Nokia telefonlarini yig‘ishni boshlagan, oradan 10 yil o‘tib, shu rusumdagi telefonlari soni 700 taga yetdi. Shundan so‘ng Fernandes jamg‘armasini boshqa brendlarning telefonlari va Nokia sotuvga chiqarmagan prototiplar bilan ham to‘ldirishga kirishdi.

Bugunga kelib uning o‘ziga xos «uy-muzeyi»da Nokia bilan birga Siemens, NEC, Motorola, Blackberry, Samsung, HTC, Apple va boshqa ko‘plab kompaniyalarning qurilmalarini uchratish mumkin. Ular orasida eksklyuziv va kamyob rusumli mobil telefonlar ham bor.Wences documenting his phones

Kiritildi: 14:52 19.08.2024. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!