Bugun 27 iyun, 2024 yil, payshanba

КИР

Nodirbek Yoqubboyev Toshkentda o‘tkazilgan UzChess Cup superturnirida birinchi o‘rinni egalladi

Nodirbek Yoqubboyev Toshkentda o‘tkazilgan UzChess Cup superturnirida birinchi o‘rinni egalladi

Toshkentda sovrin jamg‘armasi 166 ming dollar bo‘lgan UzChess Cup 2024 xalqaro turniri yakunlandi. Kuchlilar guruhida birinchi o‘rinni o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev (FIDE reytingida 2665 ochko) egalladi.

Musobaqa 6 iyundan 14 iyunga qadar uch guruhda o‘tkazildi. Eng kuchli Masters guruhida 10 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.

9 raund yakuniga ko‘ra, Nodirbek Yoqubboyev 5,5 ochko bilan birinchi bo‘ldi. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2766) ham shuncha ochko to‘pladi, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra ikkinchi o‘rinda qoldi. Uchinchi o‘rinni 5 ochko bilan xitoylik Yu Yangyi (Xitoy, 2728) qo‘lga kiritdi.

Musobaqada Shaxriyor Mamedyarov (Ozarbayjon, 2734), Parham Maqsudlu (Eron, 2732), Aleksandr Grishchuk (Rossiya, 2728), Yu Yan’i (2728), Santosh Gujrati (Hindiston, 2721), Richard Rapport (Ruminiya, 2715), Aleksey Sarana (Serbiya, 2706), Javohir Sindarov (2684) ham ishtirok etdi.

Birinchi o‘rin uchun 25 ming dollar, ikkinchi o‘rin uchun 20 ming va uchinchi o‘rin uchun 15 ming dollar mukofot belgilandi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlar har biri 10 000 dollardan oldi.

Kiritildi: 23:45 15.06.2024. O'qildi: 1146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!