Dunyoning yetakchi grossmeysterlari rossiyalik Yan Nepomnyashiy, hindistonlik Gukesh Dommaraju, amerikalik Fabiano Karuana, Fransiya vakili Alirizo Firudja, AQShlik Uesli So, fransiyalik Maksim Vashye – Lagrev, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha, niderlandiyalik Anish Giri, ruminiyalik Bogdan-Daniel Dyak qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ushbu turnirda g‘oliblik uchun kurash olib borishga hozirlik ko‘rmoqda.
Kecha musobaqa oldidan tashkil etilgan qur’a natijasiga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov turnirning 1-turida hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bilan bahs olib boradi. Ushbu o‘yinda hamyurtimiz oq donalarda dona suradi. 1-tur musobaqalarida shuningdek, Alirizo Firudja – Fabiano Karuana, Maksim VashYE-Lagrev – Yan Nepomnyashiy, Gukesh Dommaraju- Bogdan – Daniel Des, Anish Giri – Uesli So ro‘baro‘ keladi.
Eslatib o‘tamiz, 5 iyulgacha davom etadigan "Superbet Chess Classic Romania" turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSh dollaridan iborat etib belgilangan.