Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til 24 yanvarga qadar uzaytirildi

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til 24 yanvarga qadar uzaytirildi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining nodavlat ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til muddatini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirish bo‘yicha taklifi Maxsus komissiya tomonidan ma’qullandi.

Shu munosabat bilan, nodavlat ta’lim tashkilotlarida 2022 yil 24 yanvarga qadar o‘quv jarayoni tashkil qilinmaydi.

Ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular uchun tashkil qilinayotgan onlayn fan olimpiadalari, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlarda faol ishtiroki ta’minlash maqsadga muvofiq.

Kiritildi: 23:13 10.01.2022. O'qildi: 2346 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!