Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Nizar Amidi Iroqning yangi prezidenti bo‘ldi

Nizar Amidi Iroqning yangi prezidenti bo‘ldi

Nizar Amidi Iroqda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonib, mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi.

Xabarlarga ko‘ra, u Kurdiston vatanparvarlar ittifoqining rasmiy nomzodi sifatida qatnashgan.

Ikkinchi tur ovoz berish jarayonida 249 nafar deputat ishtirok etgan.

Amidining asosiy raqibi Musanna Amin bo‘lib, u Kurd islom ittifoqi vakili edi.

Avvalroq amaldagi prezident Abdul Latif Rashid yangi saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortgan edi.

Kiritildi: 22:03 11.04.2026. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!