Eron Qurolli kuchlari Fors ko‘rfazi va Hurmuz bo‘g‘ozi hududida AQSh va Buyuk Britaniyaga tegishli uchta tankerga zarba berdi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) ma’lum qildi.
"ISNA" axborot agentligining Telegram-kanalida keltirilgan bayonot matnida qayd etilishicha, zarbalar raketalar orqali amalga oshirilgan. Hujum nishoni bo‘lgan kemalar "yonayotgani" aytilmoqda.