Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Niqob quloqlarni og‘ritmasligi uchun ajoyib yechim topildi

Niqob quloqlarni og‘ritmasligi uchun ajoyib yechim topildi

Karantin sabab hozir butun dunyo tibbiy niqob taqib yurishga majbur. Ammo uzluksiz niqob taqib yurish oqibatida ba’zida quloqlar ortida og‘riq paydo bo‘ladi.

Instagramdagi mashhur sartarosh, bloger Oliviya Smolli og‘riqsiz niqob taqish usuli bilan bo‘lishdi. Ushbu mavzuga bag‘ishlangan rolik uning shaxsiy sahifasida e’lon qilindi. Kadrda ko‘k tibbiy niqob taqqan, sochi chambarak shaklida yig‘ilgan qizga ko‘zingiz tushadi. Niqob “qo‘llar”ini quloqlardan tepaga tortib turib, to‘g‘nog‘ich orqali sochlarga mahkamlasangiz kifoya. Endi quloqlaringiz og‘riqdan aziyat chekmaydi.

Sartaroshning ushbu “yangiligi”ni foydalanuvchilar ma’qullashgan va “Bu haqiqatan ham ideal usul!”, “Ushbu usulni bo‘lishganingiz uchun rahmat”, “Yoqimli va foydali ko‘rinadi, rahmat!”, kabi ijobiy izohlar bildirgan. Bu usuldan siz ham bemalol foydalanib ko‘rishingiz mumkin.

Kiritildi: 20:39 05.06.2020. O'qildi: 5259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!