Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirishga qanday javobgarlik belgilangan?

Nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirishga qanday javobgarlik belgilangan?

Oila kodeksining 15-moddasiga asosan nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanadi.

Xo‘sh, bundan oldin uzurli sabablar bo‘lganida qanday chora ko‘riladi? Bu borada “BUSINESS LAWYERS GROUP” advokatlik firmasi advokat stajyori Muxriddin Shamsiddinov quyidagilarni ma’lum qildi.

– Bu borada uzurli sabablar bo‘lganida alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-3-moddasiga ko‘ra nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 17:01 13.12.2023. O'qildi: 1853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!