Qalampir.uz manbasiga ko‘ra, bir necha kun oldin “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashabbusi bilan yana bir ijtimoiy himoyaga muhtoj ikki yoshning nikoh to‘yi o‘tkazib berilgan.
Toshkent shahridagi “Xumo” to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan nikoh bazmida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bir nechta xonandalarni jalb qilib, beminnat xizmat ko‘rsatgan.
Ma’lumot o‘rnida, dunyodagi oz sonli davlatlar qatorida O‘zbekiston hukumati ham, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash islohotlarini Davlat dasturi darajasida amalga oshirib kelmoqda.
Manba: qalampir.com