Nigeriya shimoli-sharqida qo‘lbola bomba portlashi oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat shimoli-sharqidagi Borno shtatida portlovchi moddalar bilan o‘ralgan ikkita mashina portlagan. Ular Rann va Gamboru Ngala aholi punktlarini bog‘laydigan magistral bo‘ylab harakatlanishgan. Yaradorlar eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan.
Hozircha hech kim portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.