Nigeriya shimoli-sharqidagi masjidda shom namozi vaqtida portlash yuz berdi.
Bu haqda Vanguard gazetasi ma’lum qildi.
"Borno shtati poytaxti Mayduguri shahridagi asosiy Gamboru bozoridagi masjidga o‘rnatilgani taxmin qilinayotgan qo‘lbola portlovchi moslamalar namozxonlar namoz o‘qiyotganda taxminan soat 18:00 da portlab ketdi", — deb yozadi gazeta.
AFP agentligining xavfsizlikdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan.