Nigeriya shimolida yonilg‘i tashiydigan transport vositasi portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 140 kishiga yetdi, deb yozdi “France Presse” mahalliy Favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib.
Avvalroq CNN kamida 94 kishining o‘limi haqida xabar bergan edi. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, portlash seshanba kuni kechqurun Jigava shtatida sodir bo‘lgan.