Nigeriyada avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda kamida 20 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Yo‘l-transport hodisasi yakshanba kuni Lagos-Badagri trassasida sodir bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, avtobus haydovchisi yengil avtomobilni bosib o‘tish chog‘ida boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasiga borib urilgan.