Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Nigeriya janubida hayvonlardan odamlarga yuqadigan xavfli virus isitmasidan 20dan ortiq odam vafot etdi

Nigeriya janubida hayvonlardan odamlarga yuqadigan xavfli virus isitmasidan 20dan ortiq odam vafot etdi

Nigeriya janubidagi Edo provinsiyasida hayvonlardan odamlarga yuqadigan xavfli virusli kasallik Lassa isitmasidan 21 kishi vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash xodimi doktor Jozef Okoyegualening so‘zlariga ko‘ra, Lassa isitmasi epidemiyasi viloyatning bir qancha hududlariga tarqaldi. Unga ko‘ra, Edoda jami 240 ta kasallik holati qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, yil boshidan buyon Nigeriya bo‘ylab 170 dan ortiq odam Lassa isitmasidan vafot etgan. Hukumat ushbu kasallikni davolash uchun uchta dori ishlab chiqilishini e’lon qildi.

Lassa isitmasi birinchi marta Nigeriyada 1969 yilda mamlakat shimoli-sharqidagi Borno shtatida topilgan.

Lassa isitmasi tufayli Nigeriya hukumati o‘tgan yilning fevral oyida favqulodda holat e’lon qilgan edi.

Lassa isitmasi kalamush va sichqon najasi bilan aloqa qilish orqali yuqadi. Ushbu xavfli kasallik odamdan odamga yuqishi va o‘limga olib kelishi mumkin.

Mamlakat hukumati aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga, gigiyena qoidalariga rioya qilishga va kemiruvchilar bilan aloqa qilmaslikka chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 10:44. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!