Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Niger va Chaddan amerikalik harbiylarning asosiy qismi olib chiqiladi

Niger va Chaddan amerikalik harbiylarning asosiy qismi olib chiqiladi

Niger va Chaddan amerikalik harbiylarning asosiy qismi olib chiqiladi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder ma’lum qildi.

"Qo‘shma Shtatlar Chaddan Amerika harbiy kuchlarining bir qismini qayta joylashtirishni rejalashtirmoqda, ularning bir qismi allaqachon mamlakatni tark etishi kerak edi. Bu bizning xavfsizlik sohasidagi hamkorligimizni ko‘rib chiqish doirasidagi vaqtinchalik qadamdir", — deya tushuntiradi Rayder.

AQSh Davlat departamentining ma’lum qilishicha, AQSh va Niger rasmiylari 25 aprel kuni Niger poytaxti Niameyda AQSh qo‘shinlarini tartibli va mas’uliyat bilan olib chiqib ketish bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun uchrashgan. Ular kelasi hafta harbiylarni olib chiqish jarayonini muvofiqlashtirishi kutilmoqda.

Kiritildi: 10:49 26.04.2024. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!