Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Niger fransuzlarga uran qazishni ham taqiqladi

Niger fransuzlarga uran qazishni ham taqiqladi

Niger hukumati o‘z hududidagi Imuraren konidan uran qazib olish uchun Fransiyaning Orano kompaniyasiga berilgan lisenziyani qaytarib oldi. Bunga javoban kompaniya uning ketishi mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishini aytdi, deya yozmoqda BBC nashri.

Lisenziya qaytarib olinishiga kompaniya hanuz konni o‘zlashtirishga kirishmagani sabab bo‘lgan.

Orano Nigerda 1971-yildan buyon faoliyat yuritadi. Imuraren konini 2015-yildan o‘zlashtirish rejalashtirilgan, ammo uran narxining pastlab ketishi sababli to‘xtatilgan edi.

Shundan so‘ng Niger hukumati kompaniyani, 2024-yil 19-iyuniga qadar ishga kirishmasa, lisenziyasi olib qo‘yilishi haqida ogohlantirgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nigerda Afrikadagi eng yuqori sifatli uran konlari joylashgan. Mamlakat uran qazib olishda jahonda 7-o‘rinda turadi. So‘nggi yillarda Nigerda uran qazib olish uchun 8 mamlakat kompaniyalariga lisenziyalar berilgan.

Kiritildi: 00:40 23.06.2024. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!