Neymarga "Santos"da 10-raqam berildi.
Pele "Santos"dagi faoliyati davomida 10-raqamni kiygan. E’tiborlisi, Neymar 2009 yildan 2013 yilgacha klubdagi faoliyati davomida 11-raqamni kiygan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil dekabr oyida Braziliya oliy ligasidan tushib ketgan "Santos" 10-raqamdan foydalanmagan.
Xabarlarga ko‘ra, odamlar Neymarning 10 raqamli futbolkasini sotib olish uchun Braziliyadagi do‘konlarda turnaqator navbatga turishgan.