Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Neymar kutilmagan jamoada o‘ynamoqchi

Neymar kutilmagan jamoada o‘ynamoqchi

“Al-Hilol” va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar kelajakda qaysi jamoada to‘p tepishni orzu qilishi haqida gapirdi.

“Santos”da tarbiyalagangan mashhur yulduz ushbu jamoaning ashaddiy raqiblaridan “Flamengo” safida o‘ynashni orzu qilayotgan ekan.

- Men har doim “Flamengo”da o‘ynashni orzu qilishimni aytib kelganman. Bu jamoa “Santos”dan keyin men yoqtirgan ikki jamoa hisoblanadi. Meni tarbiyalagan va o‘zim bolaligimdan muxlislik qilayotgan klubimga hurmatni saqlagan holda shuni aytmanki, “Flamengo”ni juda yaxshi ko‘raman.

Albatta, qachondir shu jamoada o‘ynash nasib qilsa, juda mamnun bo‘lardim. Hozir “Al-Hilol” bilan shartnomam bor, lekin oldinda nimalar bo‘lishini hech kim bilmaydi, - dedi Neymar.

Neymar Yevropaga kelgunga qadar “Santos” safida 183 ta uchrashuvda 107 ta gol urgan va 51 ta assist qayl etgan. “Al-Hilol”ga o‘tguncha “Barselona” va PSJda o‘ynagan.

Kiritildi: 14:44 20.06.2024. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!