Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Netflix va “Amadeus” onlayn-striming platformalari bilan hamkorlik masalasida kelishuvga erishildi

A A A
Netflix va “Amadeus” onlayn-striming platformalari bilan hamkorlik masalasida kelishuvga erishildi

Kecha “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovasiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida Madaniyat va turizm vazirligi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati hamkorligida “O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi” mavzusida xalqaro anjumani tashkil etildi.

Anjumanda turizm targ‘ibotini xorijda tashkil qilish yo‘nalishida Buyuk Britaniyaning BBC, AQShning CNN, Yevropaning “Euronews” jahon telekompaniyalari, AQShning yirik Netflix va “Amadeus” onlayn-striming platformalari, Xitoyning “Trip.com” onlayn-sayohat platformasi, Birlashgan Arab Amirliklarining “Holiday factory” sayyohlik kompaniyasi, “Visa Fasilitation Services Global” kompaniyasi ma’muriyati bilan turizm salohiyatini targ‘ib qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Kiritildi: 07:18 05.07.2023. O'qildi: 1679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!