Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning bu hafta Vashingtonga ikki kunlik tashrifiga qaramay, uning 18-22 fevral kunlari rejalashtirilgan safari belgilangan muddatda amalga oshirilmoqda.
Bu haqda The Times of Israel nashri xabar bermoqda.
Ikkinchi tashrifi davomida Netanyaxu 19 fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp raisligidagi G‘azo Tinchlik Kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etishi va 22 fevral kuni AIPAS konferensiyasida nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Avvalroq Netanyaxu 11 fevral kuni Tramp bilan uchrashish uchun Vashingtonga borishi haqida xabar berilgan edi.