Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Netanyaxu Trampning Falastin davlatini tan olishini rad etadi

A A A
Netanyaxu Trampning Falastin davlatini tan olishini rad etadi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Tramp Falastin davlati mustaqilligini tan olmoqchi, degan da’volarga ahamiyat bermaslik kerakligini aytdi. Bu haqda i24 News nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Knessetning tashqi ishlar va mudofaa qo‘mitasining yopiq yig‘ilishida so‘zga chiqqan Netanyaxu Tramp bilan munosabatlardagi keskinlik haqidagi mish-mishlarni rad etib, ularni AQShning Isroildagi elchisi Mayk Xakabi ham rad etganini qayd etgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, u Tramp bilan muntazam aloqada bo‘lib turadi va tomonlar "ko‘p masalalar bo‘yicha o‘xshash qarashlarga ega".

Avvalroq Isroil ommaviy axborot vositalari ikki yetakchi o‘rtasidagi munosabatlar go‘yoki yomonlashgani va Tramp Netanyaxuni siyosiy manipulyasiyada gumon qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Trampning Falastin davlatini rasman tan olishi mumkinligi haqidagi xabarlarga ishora qilib, Netanyaxu shunday dedi: “Menimcha, siz Falastin davlatini barpo etish haqida jiddiy bayonot eshitmaysiz – bu shunchaki siyosiy o‘yin.

Ba’zi Isroil OAVlari Fors ko‘rfazi mamlakatlari diplomatlariga tayanib, Tramp Yaqin Sharqqa bo‘lajak tashrifi chog‘ida ham xuddi shunday bayonot bilan chiqishi mumkinligini yozdi. Ularga ko‘ra, bu bayonot Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan AQSH-Saudiya Arabistoni sammitida aytilishi mumkin. Shuningdek, Amerika prezidenti Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga ham tashrif buyurishni rejalashtirgani xabar qilingan.

Kiritildi: 12:18 12.05.2025. O'qildi: 887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!