Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Netanyaxu Isroil Bosh prokuroridan ma’lumotlar sizib chiqqan holatlarni tekshirishni talab qildi

Netanyaxu Isroil Bosh prokuroridan ma’lumotlar sizib chiqqan holatlarni tekshirishni talab qildi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakat bosh prokurori Gali Baharav-Miaraga maktub yo‘llab, xavfsizlik yig‘ilishlaridagi ma’lumotlarning sizib chiqishini tekshirishni talab qildi.

Xabar matni Isroil hukumati rahbari idorasi tomonidan e’lon qilingan.

"Jiddiy ma’lumotlarning sizib chiqishi va oshkor etilishi davom etmoqda, bu sizib chiqishlarni tekshirish bo‘yicha bir necha marta so‘rovlarimga qaramay, hech narsa qilinmadi", deb yozadi Netanyaxu bosh prokurorga yo‘llagan maktubida.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshida The Times of Israel gazetasi Isroil razvedka xizmatlari maxfiy ma’lumotlarning sizib chiqishi bilan bog‘liq bir necha gumondorni qo‘lga olgani haqida xabar bergan edi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bosh vazirning sobiq matbuot maslahatchisi Eliezer Feldshteyn o‘tgan hafta armiya ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni Yevropa axborot agentliklariga o‘tkazish uchun olib tashlashda gumonlanib hibsga olingan.

Kiritildi: 09:49 05.11.2024. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!