Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Netanyahu xafa, Bayden hali ham unga qo‘ng‘iroq qilmadi

A A A
Netanyahu xafa, Bayden hali ham unga qo‘ng‘iroq qilmadi

Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan AQSh prezidenti Jo Baydenning hali ham Isroil bosh vaziri Binyamin Netanhuga qo‘ng‘iroq qilmaganiga izoh berdi. 

Independent nashrining yozishicha, Gilad AQSh rahbarining ayni paytda iqtisodiy turg‘unlik va koronavirusga qarshi kurash bilan bandligini, Netanyahu esa muloqotning vaqti haqida tashvishlanmayotganini aytgan. 

AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp lavozimni egallagandan ikki kun keyin Isroil bosh vaziri bilan telefon muloqoti o‘tkazgan edi. Biroq Baydenning hali ham Netanyahuga qo‘ng‘iroq qilmagani gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi.  O‘tgan haftadagi matbuot anjumani chog‘ida Netanyahu navbat Yaqin Sharqqa kelishi bilan Bayden unga qo‘ng‘iroq qilishini, ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqdoshlik aloqalari kuchli ekanligini ta’kidladi. 

AQShning yangi prezidenti shu paytgacha Rossiya, Xitoy, Meksika, Britaniya, Hindiston, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari bilan telefon muloqotlari o‘tkazdi. 

Eron bo‘yicha siyosat va Falastin hududlarida yahudiylar uchun noqonuniy turar joylar qurilishi AQSh va Isroil munosabatlarida bahs keltirib chiqarishi mumkinligi aytilmoqda.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 20:32 16.02.2021. O'qildi: 2433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik