Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
Telekanal manbalariga ko‘ra, Isroil Eronning ballistik raketa dasturi kengayib borayotgani va uranni boyitish ob’ektlari qayta tiklanishi mumkinligidan xavotirda.
"Netanyahu Trampni Eronga ehtimoliy zarbalar haqida xabardor qilish va uni shoshilinch choralar ko‘rish zarurligiga ishontirishni rejalashtirmoqda. Ularning uchrashuvi shu oy oxirida Floridada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.