Bugun 3 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Nepal Katmanduda 50 dan ortiq namoyishchini hibsga oldi

Nepal Katmanduda 50 dan ortiq namoyishchini hibsga oldi

Nepal polisiyasi Katmanduda monarxiya va respublikaparast kuchlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda ishtirok etgan 50 dan ortiq odamni hibsga oldi.

Bu haqda Nepalning Nepal News axborot portali xabar bermoqda.

Hibsga olinganlar orasida namoyishlarda faol ishtirok etgan monarxiyaparast Milliy-demokratik partiya yetakchilari ham bor. Katmandu polisiyasi vakili Apilraj Boxaraning aytishicha, 51 kishi hibsga olingan va qo‘shimcha tergov davom etmoqda.

Shuningdek, to‘qnashuvlar natijasida 2 kishi halok bo‘lgani, 10 dan ortiq kishi jarohatlangani qayd etilgan.

Kiritildi: 13:58 29.03.2025. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!